STARTAP AKSELERATSIYA VA MENTORLIK DASTURLARINI TASHKILLASHTIRISH BO‘YICHA KONSALTING

STARTAP AKSELERATSIYA VA MENTORLIK DASTURLARINI TASHKILLASHTIRISH BO‘YICHA KONSALTING

2013-yildan buyon O‘zbekistonda startap-ekotizimni rivojlantiryapmiz
Batafsil
Startap-dasturlarni boshidan oxirigacha to‘liq tashkillashtirish bo‘yicha xizmatlar

Startap-dasturlarni boshidan oxirigacha to‘liq tashkillashtirish bo‘yicha xizmatlar

Shuningdek mentorlik dasturlarini, startaplar uchun konferensiyalar va tadbirlarni, startap-akseleratsiya dasturlari uchun IT-yechimlarni tashkil qilish
Batafsil
Qoraqalpog‘istonda “yashil” texnologiyalar sohasida ayollar startaplari uchun akselerator

Qoraqalpog‘istonda “yashil” texnologiyalar sohasida ayollar startaplari uchun akselerator

Loyiha Qoraqalpog‘istonda (Nukus, Mo‘ynoq, Shumanay) amalga oshirilmoqda
Batafsil
С.A.T. Science Accelerator, Ilm-fan sohasidagi startaplar uchun

С.A.T. Science Accelerator, Ilm-fan sohasidagi startaplar uchun

Akseleratsiya dasturlarining 4 siklini tashkillashtirish
Batafsil
Biz haqimizda

Biz haqimizda

Startup Innovation Group kompaniyasi 2013-yildan buyon O‘zbekistonda startap-ekotizimni rivojlantirmoqda 

Biz ayollar texnologik tadbirkorligi bo‘yicha startap-konferensiyalar va tadbirlarni, g‘oyalarni generatsiyalash bo‘yicha seminarlarni (Ideathon) o‘tkazamiz, 6 oylik startap akseleratsiya dasturlarini tashkillashtiramiz, mentorlarni tanlab olamiz, startaplarni pitchingga va investitsiyalar olishga tayyorlaymiz.

Bizning diqqat-markazda: ayollar va yoshlar texnologik tadbirkorligi, IT-startaplar, “yashil” texnologiyalar sohasidagi startaplar.

Dasturlarimiz onlayn tarzda butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladi, offlayn-tadbirlarni esa Toshkent, Nukus va Fag‘ona shaharlarida o‘tkazamiz. StartupFactory ekspertlari muntazam ravishda o‘z bilimlarini oshirib boradi, AQSH, Isroil, Yevropa mamlakatlarida o‘qiydi va stajirovkadan o‘tadi.

Biz milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaymiz.

Turli tanlovlarda, xakatonlar va akseleratsiya dasturlarida treking va startaplar mentorligini o‘tkazamiz.

Startaplar va mentorlar bilan ishlashni dijitalizatsiyalash uchun o‘zimizning IT-yechimlarni – startaplar trekingi platformasini va Markaziy Osiyo startaplari uchun mentorlik platformasini ishlab chiqqanmiz.

Hamkorlik uchun ochiqmiz! 

Batafsil
Plant Image

Loyihalarimiz

Plant Image

Bizning Xizmatlarimiz

Startaplar akseleratsiyasi dasturlari – «to‘la-to‘kis»

Startaplar akseleratsiyasi dasturlari – «to‘la-to‘kis»

Biz davomiyligi 3-6 oy bo‘lgan har qanday formatdagi (onlayn, offlayn, gibrid model) startaplar inkubatsiyasi va akseleratsiyasi dasturlarini “noldan” tashkil qilamiz va o‘tkazamiz. 

Biz quyidagilarni o‘z zimmamizga olishimiz mumkin:
— metodologik ko‘mak (akseleratsiya dasturini ishlab chiqish);
— trenerlar, ekspertlar va mentorlarni taklif qilish; 
— IT-ko‘mak (startaplar trekingi platformasi va mentorlik platformasi);
— PR ko‘mak va akselerator brendingi. 

Mentorlik dasturlari

Mentorlik dasturlari

Startaplar mentorligi uchun dasturlarni tashkil qilamiz va o‘tkazamiz (davomiyligi 2 oydan 4 oygacha).

Startaplar so‘rovi bo‘yicha profilli mentorlarni  O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Yevropa va AQSHdan taklif qilamiz.

Mentorlik dasturlari ham onlayn, ham oflayn o‘tkazilishi mumkin.

Shuningdek qisqa muddatli va guruhli mentorlik sessiyalari ham o‘tkazilishi mumkin. 

Konferensiyalar, Ideathon tadbirlari

Konferensiyalar, Ideathon tadbirlari

Biz 2013-yildan buyon startaplar uchun konferensiyalar, xakatonlar, seminarlar va g‘oyalarni generatsiyalash bo‘yicha tadbirlarni (Ideathon) o‘tkazib kelamiz. 

Interfaol tadbirlarning har qanday formatlarini (offlayn, onlayn va gibrid format) tashkil qilamiz. 500 nafargacha qatnashchi ishtirokidagi tadbirlarni o‘tkazish tajribasi.

Mavzuli spikerlarni tanlaymiz. Panel munozaralar, vorkshoplar, bitta tadbirda parallel sessiyalarni tashkil qilamiz. 

Startaplar inkubatsiyasi va akseleratsiyasi dasturlari uchun IT-yechimlar

Startaplar inkubatsiyasi va akseleratsiyasi dasturlari uchun IT-yechimlar

Biz startaplar va mentorlar bilan ishlashni dijitalizatsiyalash va treking qilish uchun o‘zimizning IT-platformalarimizni ishlab chiqdik:  startaplar trekingi platformasi va Markaziy Osiyo startaplari uchun mentorlik platformasi.

Akseleratsiya dasturlari uchun platformalarni “ijaraga” taqdim etamiz. 

Tadqiqot va tahlil

Tadqiqot va tahlil

Kompaniyamiz startaplarga, ijtimoiy jihatlarga va ekologiyaga investitsiyalar bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun bozor va sanoat tadqiqotlariga ixtisoslashgan.

Bizning yondashuvimiz raqamli texnologiyalar, o’z vakillarimizning keng tarmog’i, ma’lumotlarni hisoblash va tahlil qilish usullarining simbiozi.

Diqqat-e'tiborimizda

YOSHLAR VA AYOLLAR TEXNOLOGIK TADBIRKORLIGI

YOSHLAR VA AYOLLAR TEXNOLOGIK TADBIRKORLIGI

MENTORLIK

MENTORLIK

Ilm-fan+biznes

Ilm-fan+biznes

«YASHIL» TEXNOLOGIYALAR

«YASHIL» TEXNOLOGIYALAR

Plant Image

Metodikalarimiz

Dizayn-fikrlash — bu innovatsiyalarni yaratish metodikasi bo‘lib, u startaplarga g‘oyalarni topish va tezda tekshirishga yordam beradi.

Startaplarga muammolarni va maqsadli auditoriyaning “og‘riqli joylarini” hal qilishga yo‘naltirilgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqish uchun dizayn-fikrlash hayotiy muhim hisoblanadi.

Ushbu mavzu bo‘yicha seminarlarni o‘tkazish uchun xorijiy ekspertlarni taklif qilamiz. 

Mijozlarni, kastdevlarni o‘rganish va “rivojlantirish” – akseleratsiya dasturlarimizda startaplarning asosiy vazifasidir. 

Startaplarimiz muntazam ravishda muammoni aniqlovchi va yechimni taklif qiluvchi intervyularni o‘tkazadi, mijozlarning ehtiyojlari va “og‘riqli joylarini” o‘rganadi hamda o‘zlarining prototiplarini real odamlarda/bizneslarda sinab ko‘radi. 

Biz akseleratsiya dasturlarida startaplar bilan “Tejamkor startap” metodologiyasi bo‘yicha ishlaymiz. 

Startaplar maksimal ravishda qayishqoq bo‘lishi, o‘z xatolaridan o‘rganishi, gipotezalarni tez tekshirishi hamda maqsadli auditoriyadan teskari aloqani olishi, mahsulotning ishlab chiqilayotgan versiyasiga (MVP) o‘zgarishlar kiritishi lozim.

Akseleratsiya dasturlarimizning muhim qismini gipotezalarni testdan o‘tkazish, MVP’ni ishlab chiqish va mijozlardan teskari aloqani olish egallaydi. 

Plant Image