Just Start, Farg‘ona vodiysi yoshlari uchun akselerator, 2021 y.

Just Start, Farg‘ona vodiysi yoshlari uchun akselerator, 2021 y.

 

40+

taqdimot akselerator uchun

1

manual va akselerator dasturi

 

Loyiha BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlik tomonidan o‘tkazildi. Biz loyihaga metodologik ko‘mak ko‘rsatdik, akseleratsiya dasturini o‘tkazish bo‘yicha manualni va startaplar akseleratsiyasi uchun dasturni (kontent) ishlab chiqdik.

Bizning loyihadagi rolimiz: 

  • Manualni tayyorlash (akseleratsiya dasturini tashkillashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma)
  • Akseleratsiya dasturi uchun 4 oylik dasturni tayyorlash (mavzu, spikerlar);
  • Spikerlar uchun rus va o‘zbek tillarida taqdimotlarni tayyorlash (mavzular: Lean Startup, Customer Development, MVP, Business Model Canvas, Startaplar va Innovatsiyalar, Dizayn-Fikrlash va boshqalar);

Akseleratsiya dasturi Farg‘ona vodiysining 16-30 yoshli fuqarolariga o‘z biznesini yaratish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda nazariy va amaliy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.

JustStart ishtirokchilari to‘rt oy davomida bozorni, marketing va strategik rejalashtirish asoslarini o‘rgandi, moliyaviy va huquqiy savodxonlikni oshirdi, biznes-strategiyani to‘g‘ri qurishni o‘rgandi, Lean Startup, Speed Mentoring, Mock Sales nimaligini bilib oldi, startap loyiha g‘oyasidan uning dizaynigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi va prototip, ya’ni minimal yashashga qodir mahsulot (MVP) ustida ishladi.

JustStart startap-loyihalar akseleratsiyasi dasturi O‘zbekiston Yoshlar ishlari bo‘yicha agentligi va BMTning hamkorlikdagi “Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi ” loyihasi doirasida tashkil qilindi.