StartupFactory — IT-startaplar uchun akselerator, 2015-2016
17 ta startap |
40+ mentor |
3 ta inkubatsiya va akseleratsiya sikli |
70+ seminar |
Bu IT-loyihalar uchun 2015-yilda startap-akseleratorni tashkil qilish borasidagi ilk tajribamiz. StartupFactory O‘zbekistonda birinchi xususiy startap-akseleratorga aylandi.
Biz ilk bor O‘zbekistonda akseleratsiya dasturini ishlab chiqdik, seminarlarni o‘tkazish uchun mentorlar va trenerlarni taklif qildik, 3 oy davomida har kuni startaplar bilan uchrashdik.
Birinchi akseleratorning 5 ta loyihasi Demo Kungacha yetib bordi. Faunderlardan biri kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazdi va ochdi. Akseleratorga ikkinchi qabulda biz 6 ta startap bilan ishladik.
Akselerator dasturidan quyidagilar joy oldi::
- Lean Startup;
- Customer Development;
- Business Model Canvas;
- Huquqiy maslahatlar;
- Moliya va soliqqa tortish bo‘yicha maslahatlar;
- Buxgalteriya bo‘yicha maslahatlar;
- Marketing, savdolar bo‘yicha maslahatlar;
- Investorlar bilan muzokaralarga tayyorgarlik va boshqalar.
Shuningdek, ilk rivojlanish bosqichidagi IT-startaplar uchun IdeaLab g‘oyalar inkubatsiyasi dasturini ham o‘tkazdik. Ushbu dasturda 14 ta startap ishtirok etdi.
Bu qiziqarli va foydali tajriba bo‘ldi!