Startup Mix konferensiyasi, 2013-yildan

Startup Mix konferensiyasi, 2013-yildan

41 ta

tadbir

5000+

ishtirokchi

200+

spiker

20+

xorijiy ekspert

Startup Mix — 2013-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan startaplar va innovatsiyalar haqida O‘zbekistondagi birinchi biznes-konferensiya.

Auditoriyamiz: biznesmenlar, IT-tadbirkorlar, kompaniya rahbarlari, ishlab chiquvchilar, dizaynerlar, startapchilar, marketologlar, jurnalistlar, oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs talabalari.

Ilgari tadbir har oyda o‘tkazilgan (2013-2018 yillarda biz 39 ta tadbirni o‘tkazdik), biroq 2019-yildan keyin biz Startup Mix konferensiyalarini kattaroq ko‘lamda yilda bir necha marta o‘tkazyapmiz.

 

Startup Mix loyihasining asosiy yutuqlari:

  • 2013-yilda O‘zbekistonda startaplar haqida kamchilik bilardi. Hozir startaplar – trendda. Biz bu boradagi bozorni rivojlantirishga va o‘qitishga yordam berdik;
  • Dolzarb trendlarni muhokama qilamiz (sun’iy intellekt, robot texnikasi, «yashil» texnologiyalar va boshqalar), ushbu yo‘nalishlarni yoshlar va mahalliy biznes-auditoriya orasida ommalashtiramiz;
  • Kremniy vodiysi, Isroil, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiyadagi aloqalar tufayli bizda Startup Mix auditoriyasi uchun eng zo‘r ekspertlarni taklif qilish imkoniyati mavjud;
  • Startup Mix formati muntazam ravishda o‘zgarib turadi, biz yangi sektsiyalarni o‘ylab topamiz;
  • Konferensiyaning auditoriyasi sadoqatli;
  • Bizga ajoyib volontyorlar yordam beradi
  • Biz quyidagilarda klassik Startup Mix tadbirlarini o‘tkazganmiz: Savdo-Sanoat Palatasi, Inxa universiteti, “TChK” kovorkingi.
  • O‘zbekiston va Markaziy Osiyo doirasidagi katta Startup Mix tadbirlari ICT Week 2015-2016, Markaziy Osiyo Savdo Forumi-2018 va Central Asia Women in Tech & Science Week-2019 (Toshkent va Nukus) paytida o‘tkazilgan. Sheriklarimizga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!

__________

IT, ilmiy va “yashil” startaplarni yaratish va rivojlantirish qiziqarli bo‘lgan barchani hamkorlikka taklif etamiz. 

Startup Mix loyihasi tashkilotchisining aloqa ma’lumotlari: Alisher Yusupov, +998903192351