С.A.T. Science Accelerator, Ilm-fan sohasidagi startaplar uchun, 2018-yildan

С.A.T. Science Accelerator, Ilm-fan sohasidagi startaplar uchun, 2018-yildan

4 ta

akselerator qabuli

80 ta

startap

8 ta

loyiha o’z kompaniyasini ochdi

5  

mlrd. so’m (7 startapga grantlar)

C.A.T. Science Accelerator — “ilmiy” loyihalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun O‘zbekistondagi birinchi akselerator. O‘zbekistonning barcha hududlaridagi startaplar bilan ishlaymiz.

Biz olimlar va biznes orasida aloqalarni yo‘lga qo‘yamiz, olimlar jamoalariga moliyachilar, marketologlarni jalb qilishga, investitsiyalar olishga va startapni ishga tushirishga yordam beramiz. Akselerator dasturi 6 oyga mo‘ljallangan. Akselerator finalchilari O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining grant jamg‘armasi doirasida startaplar tanloviga biznes-reja taqdim etadi.

Akselerator Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.


Akselerator yo‘nalishlari: 

  • biotexnologiyalar; 
  • “yashil” texnologiyalar;
  • diagnostika va biotibbiyot;
  • muqobil energiya manbalari;
  • yangi materiallar;
  • ilm-fan sohasida IT va raqamli texnologiyalar;
  • ozuqa texnologiyalari;

Akselerator quyidagilarni taqdim etadi: 

  • ta’lim dasturi;
  • Ilg‘or texnologiya markazining va InnoTechnopark’ning laboratoriyalari va ustaxonalaridan foydalanish imkoniyati;
  • mentorlar ko‘magi;
  • sertifikat;
  • investitsiyalar.

Shuningdek akselerator startaplari Global Innovation through Science & Technology (GIST) On Demand Bootcamp and Innovation Hub (iHub) xalqaro seminarida, ClimateLaunchpad “yashil” startaplar xalqaro tanlovida hamda Central Asia Women in Tech & Science Week-2019 seminarlari va mentorlik sessiyalarida ham qatnashdilar.

StartupFactory kompaniyasi akselarator faoliyatini (metodologiya, dastur, trenerlar va mentorlarni jalb qilish, startaplar trekingi uchun IT-platforma), Ideation tadbirini hamda akselerator Demo Kunini to‘liq tashkillashtiradi.

Akselerator startaplari www.cat-sa.uz saytida taqdim etilgan.