Farg‘ona vodiysi tadbirkorlari uchun Digital Mix IT-kurslari, 2022 y.

Farg‘ona vodiysi tadbirkorlari uchun Digital Mix IT-kurslari, 2022 y.

Kompaniyamiz Farg‘ona vodiysida Digital Mix loyihasini boshlamoqda

Digital Mix – bu tadbirkorlar uchun IT-treninglar. Treninglar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorligida tashkil etilgan “Farg‘ona vodiysida aholining pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga ko‘nikmalarini moslashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida o‘tkaziladi.

Treninglar tadbirkorlarni yaqindan tanishtirib, ularga zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning mahsulotlari, IT va raqamli vositalar imkoniyatlari haqida kengroq ma’lumot beradi, shuningdek, trening ishtirokchilariga ushbu imkoniyatlardan biznesda foydalanish bo‘yicha real tavsiyalar beradi.

Mashg‘ulotlar Farg‘ona vodiysining uchta viloyatida (Andijon, Farg‘ona va Namangan) oflayn rejimda o‘tkaziladi.

Taklif qilingan trenerlar (1-sessiyaga):

  • Diyora Usmonova, ijtimoiy tarmoqlar va internetda ilgari surish bo‘yicha farg‘onalik mutaxassis
  • Shoxrux Mirzasharipov, tadbirkor, farg‘onalik IT-mutaxassis
  • Aleksandr Rojdestvenskiy, kiberxavfsizlik bo‘yicha xorijlik mutaxassis

Trening doirasida o‘tkaziladigan seminarlar mavzulari:

  • IT sohasidagi trendlar
  • O‘zbekistonda kichik biznes uchun IT-vositalar
  • Saytlar, mobil ilovalar, telegram botlarni yaratish
  • Kichik biznesni ilgari surish uchun ijtimoiy tarmoqlar
  • Mijozlar bilan ish yuzasidan aloqalar uchun onlayn-vositalar
  • Onlayn-savdolar, to‘lov tizimlari bilan integratsiyalash, biznesni avtomatlashtirish
  • Inson resurslari va IT
  • Kiberxavfsizlik, moliyaviy xavfsizlik asoslari
  • Biznes uchun videoni tasvirga olish va boshqa mavzular

Yangiliklarni kuzatib boring!

Farg‘onadan fotohisobot


Andijondan fotohisobot

     

 

Namangandan fotohisobot