Green Business Platform konferensiyasi, 2016-2019

Green Business Platform konferensiyasi, 2016-2019

5 ta

tadbir

250 ta

ishtirokchi

20 ta

spiker

7 ta

xorijiy ekspert

Green Business Platform konferensiyasi 2016-yilda quyidagi 4 ta hamkor va hamtashkilotchi ishtirokida o‘tkazildi: Brand.uz, StartupFactory akseleratori IT-kompaniyalari, O‘zbekistondagi Global ekologiya jamg‘armasining Kichik grantlar dasturi (GEF SGP), Muqobil Energetika Klubi.

2017-2018 yillarda loyiha to‘xtatildi, 2019-yilda konferensiyani yana tikladik. 

2019-yil martida Green Business Platform sessiyalari Kremniy vodiysi, Buyuk Britaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari spikerlarining ishtirokida MOMEM va TIQXMI  (Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti)ning suv resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasterida bo‘lib o‘tdi.

Kelgusida Green Business Platform tadbirlarini tiklashni rejalashtiryapmiz, chunki “yashil” texnologiyalar mavzusi O‘zbekiston uchun juda dolzarb. 

Green Business Platform loyihasini yaratish maqsadlari:

  • “Yashil” texnologiyalar sohasidagi biznesni rivojlantirishga yordam berish;
  • Tabiiy kapitaldan, shu jumladan “yashil” energetika, yerdan foydalanish va biologik mahsulotlar va xizmatlardan samarali foydalanishga ko‘maklashadigan innovatsion g‘oyalar va ixtirolar bo‘yicha axborotni (biznes va ilm-fan hamjamiyatlari orasida) tarqatishga ko‘maklashish;
  • Bunday ishlanmalarni ommaviy foydalanish/ishlab chiqarishgacha ilgari surish;
  • Biznes vakillari va innovatsion texnologiyalar o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan munozara maydonini yaratish;
  • Investorlar va hamkorlarni izlashda yordam berish;
  • Istiqbolli “yashil” texnologiyalar loyihalarini ilgari surish uchun yana keyingi akseleratorni yaratish imkoniyati.

Green Business Platform loyihasi tashkilotchisining aloqa ma’lumotlari: Alisher Yusupov, +998903192351