Qoraqalpog‘istonda “yashil” texnologiyalar sohasida ayollar startaplari uchun akselerator, 2021-2023 yy.

Qoraqalpog‘istonda “yashil” texnologiyalar sohasida ayollar startaplari uchun akselerator, 2021-2023 yy.

20 ta

startap

50+

trening

10

nafar Qoraqalpog’istonlik mentor

6 ta

grant $2 000 dan

“O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish” loyihasi Tech4Impact NNT tomonidan Birlashgan Millat Tashkilotining Demokratiya Fondi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Hudud: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus, Mo‘ynoq va Shumanay)

Biz loyihaga metodologik, kontent, PR va IT-ko‘magini ko‘rsatyapmiz.

Akselerator yo‘nalishi: 

  • Suv resurslarini boshqarish, suvni tozalash;
  • Atrof-muhitning ifloslanishi;
  • Energetika, muqobil energiya manbalari (quyosh, shamol);
  • Qishloq xo‘jaligi, agrobiznes;
  • Turizm;
  • Iqlim o‘zgarishi.

Akseleratsiya dasturining ishtirokchilari quyidagilarga ega bo‘ladi: 

  • biznes bo‘yicha 6 oy davomida o‘tkaziladigan seminarlar; xalqaro va mahalliy mentorlar va ekspertlarning konsultatsiyalari;

  • Loyihalar PR;

  • Investorlar bilan aloqalar;

  • Dastur yakunida $2 000 investitsiyaga ega bo‘lish imkoniyati.

 

Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston ayollari hududning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal qiladigan kompaniyalarni yaratish orqali o‘zlarining iqtisodiy hayotdagi ishtiroklarini kengaytirishlari uchun ularning texnologik va tadbirkorlik salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha faolliklar o‘tkazilmoqda.

Loyiha gender tenglishi bo‘yicha harakatlarni kuchaytiradi, ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlari kengayishiga, mahalliy manfaatdor tomonlarni Orol dengizi hududi uchun iqlim harakatlariga jalb qilishga ko‘maklashadi va maqsadli hududda ayollar va qizlar uchun COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga yordam beradi.

Loyihaning muhim yondashuvi — ayollarni, texnologik tadbirkorlarni uch bosqichda qo‘llab-quvvatlash: 

1️⃣ Ayollar rahbarlik qiladigan Qoraqalpog‘istonda sof texnologiyalar sohasidagi korxonalar uchun startap-ekotizimlarni yaratish;;

2️⃣ Bo‘lg‘usi tadbirkor ayollar uchun axborot materiallarini va Internetda veb-resurslarni ishlab chiqish hamda ularning xabardorligini oshirish bo‘yicha PR-kampaniyalarni ishga tushirish;

3️⃣ Olti oylik tuzilmalashtirilgan startaplar akselaratsiyasi dasturi yordamida bilimlarni berish va salohiyatni oshirish, hududda texonlogik murabbiylik madaniyatini rivojlantiruvchi startaplar trenerlari va mentorlarini o‘qitish hamda ayollar rahbarlik qiladigan startaplar, investorlar va moliya muassasalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

Grantlar, startaplar va akselerator yangiliklari haqida batafsil data.accelerator.uz saytida tanishishingiz mumkin.