Markaziy Osiyo Mentorlik Platformasi

Markaziy Osiyo Mentorlik Platformasi

50 ta

mentor

100 ta

ishtirokchilari

3 ta

trening- mentorlar uchun

30 ta

xorijiy mentor

Brand.uz IT-kompaniyasi va Tech4Impact NNT bilan hamkorlikda mentorlik dasturlari uchun o‘zimizning onlayn-treking dasturimizni ishlab chiqdik.

Markaziy Osiyo mentorlik platformasini yaratishdan maqsad – mintaqamizda startaplarga professional mentorlik qilish borasidagi tanqislikni to‘ldirishdan iborat. IT-platforma mentorlarning ishini startaplar bilan dijitalizatsiya qilish uchun ishlab chiqildi.

Platforma muntazam ravishda o‘z funksionalini yangilab turadi va 2021-yildan buyon biz va hamkorlarimiz (Technovation Girls dasturi, “yashil” texnologiyalar sohasidagi tadbirkor ayollarga mentorlik qilish dasturi, Qoraqalpog‘istonda iqlim o‘zgarishi sohasida ayollar startaplarini akseleratsiyalash dasturi va h.k.) tomonidan foydalaniladi.

Saytda muntazam ravishda mahalliy va xorijiy (AQSH, Yevropa, MDH, O‘zbekiston) mentorlar ro‘yxati to‘lib boradi. Qisqa muddatli va uzoq muddatli mentorlik dasturlarini tashkillashtirish imkoniyatlari mavjud.

Biz O‘zbekistonda mentorlik hamjamiyatlarini va startap ekotizimlarni rivojlantirish uchun mentorlarga mo‘ljallangan treninglarni o‘tkazamiz (xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda).

Qoraqalpog‘istonda ham mentorlar uchun bir nechta treninglar o‘tkazildi.

Mentorlar uchun treninglar dasturida:

  • Mentorlik o‘zi nima. Mentorlar qanday qilib startaplarga yordam berishi mumkin;

  • Mentorning roli. Mentorlik metodlari va texnikasi;

  • Mentorlik nimasi bilan kouching va maslahatlardan farq qiladi;

  • Kremniy vodiysi, Germaniya, Fransiya, Markaziy Osiyo, Afrika mentorlari va startaplari bilan uchrashuvlar;

  • Amaliy topshiriqlar (to‘g‘ri savollarni berish qobiliyati, mentorlik rejasini ishlab chiqish, mentor va startaplar jamoalari o‘rtasidagi muammolarni hal qilish) va boshqa mavzular.


Markaziy Osiyo Mentorlik Platformasining funksionali:

  • Mentorlar va ishtirokchilarning (menti) shaxsiy kabinetlari;

  • mentorlarning startaplar bilan matching’i;

  • mentorlik sessiyalarini rejalashtirish, har bir sessiya oldiga maqsadlar qo‘yish;

  • har bir sessiyadan keyin teskari aloqa va mentorning sharhlari, mentorlar va startaplar faoliyatining samaradorligini baholash;

  • bir martalik va uzoq muddatli mentorlik uchrashuvlarini yaratish imkoniyati;

  • mentorlar va startaplar uchun vebinarlar o‘tkazish;

  • O‘zbekiston va Markaziy Osiyo startaplari bilan ishlashga tayyor bo‘lgan turli mamlakatlarning tajribali mentorlari bazasi;

  • mentorlarni filtrlar va tajribasi bo‘yicha izlash va boshqalar.

Central Asia Mentoring Platform platformasi rus va ingliz tillarida mavjud bo‘lib, istalgan mentorlik dasturlari uchun foydalanilishi mumkin, u mentorlik dasturlarining tashkilotchilari, startaplar va mentorlarning faoliyatini soddalashtiradi.  

Hamkorlik masalalari bo‘yicha: Alisher Yusupov, +998903192351