ClimateLaunchpad iqlim o‘zgarishi sohasidagi startaplar uchun xalqaro tanlov, 2019-2021

ClimateLaunchpad iqlim o‘zgarishi sohasidagi startaplar uchun xalqaro tanlov, 2019-2021

45 ta 

startap

50+

seminar

3 ta

butkemp xalqaro trenerlar bilan

2 ta

startap Amsterdamda ClimateLaunchpad finalida qatnashdi

Yirik xalqaro “yashil” startaplar tanlovi O‘zbekistonda Green Business Innovation kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. 2019-yilda O‘zbekiston ilk bor tanlovning 50 ta ishtirokchi mamlakati safiga qo‘shildi. 

Biz dasturga metodologik, PR va trekerlik ko‘magini ko‘rsatamiz. Seminarlar va startaplar bilan kommunikatsiyalarni tashkil qilishda yordam beramiz.

Tanlovga tiklanadigan energiya manbalari, energiya samaradorligi, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti, transport, sanoat texnologiyalari sohasidagi va iqlim o‘zgarishiga qarshi boshqa istalgan usullar borasidagi g‘oyalar va  loyihalar qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • Yevropa, Hindiston va boshqa mamlakatlarning xalqaro trenerlari bilan hamkorlikda startapni ishga tushirish bo‘yicha bilimlarni kuchaytirish;
  • Yevropa startap-akseleratori bilimlari asosida o‘z loyihasini ishga tushirish;
  • xalqaro investorlarga o‘z biznes-g‘oyalarini taqdim etish;
  • o‘z g‘oyalarini xalqaro tanlov saytiga joylashtirish, bu esa juda yaxshi PR hisoblanadi;
  • Yevropa innovatsiyalar va texnologiyalar institutining Climate-KIC akseleratoridan foydalanish imkoniga ega bo‘lish;
  • 1, 2, 3 o‘rin sohiblariga— o‘z loyihasini rivojlantirish uchun mos ravishda €10 000, €5 000 va €2 500 mablag‘ga ega bo‘lish.

ClimateLaunchpad maqsadi — o‘z faoliyatini endi boshlagan tadbirkorlarga o‘zlarining sof texnologiyalar bo‘yicha g‘oyalarini global ko‘lamda rivojlantirishga yordam berish. Tanlov missiyasi innovatsiyalar, ixtirolar va tadbirkorlik yordamida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etishdan iborat.

O‘zbekistonda ClimateLaunchpad masalalari bo‘yicha aloqa uchun shaxs: Saida Yusupova, +998903197721