Accelerator.uz startaplar trekingi onlayn tizimi

Accelerator.uz startaplar trekingi onlayn tizimi

7 ta

akseleratsiya dasturi

1 000+

foydalanuvchi

Biz Brand.uz IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda akseleratsiya dasturlari uchun o‘zimizning onlayn-treking dasturimizni ishlab chiqdik. 

Sayt har qanday inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini yaratish, startaplar jamoalarini, mentorlar va trekerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, jamoalarga topshiriqlar berish, topshiriqlarni bajarish va akselerator sessiyalarida qatnashishning shaffof reytingini yuritish imkonini beradi.

Har bir akseleratsiya dasturining natijalari bo‘yicha tashkilotchilar uchun TOP-startaplar reytingi shakllanadi.

Platforma o‘z funksionalini muntazam ravishda yangilab turadi, u 2019-yildan buyon biz va hamkorlarimiz (C.A.T. Science Accelerator, «Startap-Tashabbuslar» dasturi, UniSat Uzbekistan STEM-dasturi, Qoraqalpog‘istonda iqlim o‘zgarishi sohasidagi ayollar startaplari akseleratsiyasi dasturi va h.k.) tomonidan foydalaniladi.

Accelerator.uz platformasining funksionali:

  • akseleratsiya dasturlarining cheklanmagan sonini yaratish;

  • ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, foydalanuvchilarni startaplar jamoalariga birlashtirish;

  • har bir dastur uchun koordinator, administrator, mentor rollari;

  • akseleratsiya dasturining bosqichlari, har bir bosqich ichida dedlaynli topshiriqlarni yaratish mumkin;

  • jamoalarning hisobotlarini yuborish (fayllar, matnlar, video);

  • hisobotlarning koordinatorlar tomonidan tekshirilishi va har bir topshiriq bo‘yicha ballarning qo‘yilishi;

  • har bir akseleratsiya dasturi uchun jamoalar reytingini shakllantirish;

  • startaplar uchun vebinarlar va adabiyotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lim;

  • akselerator vebinarlari va sessiyalarida qatnashish belgisi reytingga ballarni qo‘shish bilan;

  • startaplar uchun tadbirlarni yaratish va jamoalarga tarqatish;

  • jamoalarga dedlayonlar va tadbirlar haqida email va telegram-xabarlar va h.k. 

Accelerator.uz platformasi rus va o‘zbek tillarida taqdim etilgan, undan istalgan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari uchun foydalanish mumkin bo‘lib, u tashkilotchilar, jamoalar va mentorlarning faoliyatini soddalashtiradi.

Hamkorlik masalalari bo‘yicha: Alisher Yusupov, +998903192351