Water Solutions Innovation Lab, suv texnologiyalari sohasidagi loyihalar uchun akselerator (2019)
15 ta startap |
9 ta startap Demo Kungacha yetib bordi |
30+ seminar |
2 startap Amsterdamda ClimateLaunchpad finalida O’zbekistonni taqdim etdi |
Water Solutions Innovation Lab startap-akseleratori yashil texnologiyalar va suv masalalari sohasidagi loyihalar uchun o‘tkazildi.
Loyiha tashkilotchilari va hamkorlari: Akselerator Green Business Innovation kompaniyasi tomonidan MOMEM va TIQXMI innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasteri bazasida O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti ko‘magida USAID tomonidan moliyalashtiriladigan SmartWaters loyihasi doirasida o‘tkazildi.
StartupFactory kompaniyasi loyihaga metodologik, PR va mentorlik ko‘magini ko‘rsatdi.
Akselerator yo‘nalishlari:
- Sof texnologiyalar
- Barqaror rivojlanish
- Suvni tozalash
- Suv va energiya
- Suv va qishloq xo‘jaligi
- Suv/tabiiy resurslarni boshqarish
- Tiklanadigan energiya manbalari
- Qishloq xo‘jaligi, agrobiznes
- Iqlim o‘zgarishi
- Atrof-muhitning ifloslanishi
Akseleratorning 2 ta finalchi jamoasi Amsterdamda o‘tkazilgan ClimateLaunchpad-2019 “yashil” startaplar xalqaro tanlovida O‘zbekistonni taqdim etdi.
Akselerator startaplari va dastur haqidagi batafsil ma’lumot ushbu saytda taqdim etilgan: www.smartwaterlab.uz