Digital Elevator: «Raqamli tadbirkorlik va biznesni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash» mavzusidagi treningni ishlab chiqish va o‘tkazish bo‘yicha dastur.

Digital Elevator: «Raqamli tadbirkorlik va biznesni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash» mavzusidagi treningni ishlab chiqish va o‘tkazish bo‘yicha dastur.

Treninglar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda BMTTDning “Farg‘ona vodiysida aholining ko‘nikmalarini pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga moslashtirish” dasturining hamkorlikdagi loyihasi doirasida o‘tkaziladi.

Treninglar Farg‘ona vodiysi mahallalarida faoliyat ko‘rsatuvchi hokimlarning yordamchilari va yoshlarning yetakchilari uchun tashkil etiladi. Kelgusida treningdan o‘tgan ishtirokchilar olgan ko‘nikmalari va bilimlarini bevosita o‘zlari ishlaydigan mahallalarda aholiga taqdim etadi.

Loyiha doirasida trenerimiz raqamli tadbirkorlik va biznesni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha metodik qo‘llanmani hamda shu mavzudagi infografikani ishlab chiqadi.