«Startap-tashabbuslar», yoshlar startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi

«Startap-tashabbuslar», yoshlar startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi

 

500+

startap

30+

seminar

5 ta

dastur sikli

2 000+

ishtirokchi

 

Jamoamiz 2016-yildan buyon «Startap-tashabbuslar» dasturining trekerlari va mentorlari hisoblanadi. Shuningdek biz loyihaga IT-ko‘magini ko‘rsatamiz va O‘zbekistonning barcha hududlaridagi startaplar trekingi uchun Accelerator.uz platformasini taqdim etamiz.

Bizning dasturdagi rolimiz: 

  • seminarlar uchun materiallarni tayyorlash;
  • ariza bergan ishtirokchilar bilan intervyu, loyihalarni baholash va tanlash;
  • quyidagi mavzular bo‘yicha seminarlar o‘tkazish: Lean Startup, Customer Development, MVP, Business Model Canvas, Startaplar va Innovatsiyalar, Dizayn-Fikrlash;
  • uz platformasida startaplar va mentorlar ishini tashkillashtirish;
  • Toshkent va bir nechta hududlarning loyihalariga trekerlik qilish;
  • mentorlik sessiyalari.

Dastur BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan milliy hamkorlar bilan birgalikda 2016-yildan buyon o‘tkaziladi.

«Startap-tashabbuslar» yoshlar innovatsion g‘oyalari va startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining beshinchi sikli (2021 y.)  Rossiya Federatsiyasi hukumati va Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan BMTTD hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hamkorlikdagi  “O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlik va «Yoshlar-kelajagimiz» Jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Dastur, tashkilotchilar va moliyalashtirishga ega bo‘lgan startaplar haqida batafsil axborot www.startupinitiatives.uz saytida taqdim etilgan.