Biz haqimizda

Startup Innovation Group kompaniyasi 2013-yildan buyon O‘zbekistonda startap-ekotizimni rivojlantirmoqda. 

Biz ayollar texnologik tadbirkorligi bo‘yicha startap-konferensiyalar va tadbirlarni, g‘oyalarni generatsiyalash bo‘yicha seminarlarni (Ideathon) o‘tkazamiz, 6 oylik startap akseleratsiya dasturlarini tashkillashtiramiz, mentorlarni tanlab olamiz, startaplarni pitchingga va investitsiyalar olishga tayyorlaymiz.

Bizning diqqat-markazda: ayollar va yoshlar texnologik tadbirkorligi, IT-startaplar, “yashil” texnologiyalar sohasidagi startaplar.

Dasturlarimiz onlayn tarzda butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladi, offlayn-tadbirlarni esa Toshkent, Nukus va Fag‘ona shaharlarida o‘tkazamiz. StartupFactory ekspertlari muntazam ravishda o‘z bilimlarini oshirib boradi, AQSH, Isroil, Yevropa mamlakatlarida o‘qiydi va stajirovkadan o‘tadi.

Biz milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaymiz.

Turli tanlovlarda, xakatonlar va akseleratsiya dasturlarida treking va startaplar mentorligini o‘tkazamiz.

Startaplar va mentorlar bilan ishlashni dijitalizatsiyalash uchun o‘zimizning IT-yechimlarni – startaplar trekingi platformasini va Markaziy Osiyo startaplari uchun mentorlik platformasini ishlab chiqqanmiz.

Bizning rivojlanish tariximiz: 

  • 2013 yil: biz O‘zbekistonda ilk bor startaplar uchun Startup Mix konferensiyasini o‘tkazishni boshladik (Toshkent va Nukus shaharlarida). 

  • 2015-yil: IT-loyihalar uchun O‘zbekistonda birinchi startap-akselerator ishga tushdi;

  • 2015-2017: Startap-ekotizimlarni o‘rganish uchun Isroil davlati va Kremniy vodiysiga safarlar va stajirovkalar;

  • 2016-2022: BMTTD va milliy hamkorlar bilan birgalikda tashkil qilingan «Startap-Tashabbuslar» yoshlar respublika dasturida trekerlik (dasturning 5 sikli); 

  • 2019: SmartWaterLab suv startaplari uchun O‘zbekistondagi birinchi akselerator birgalikda tashkil qilindi, unga metodologik, mentorlik va IT-ko‘magi ko‘rsatildi (akselerator USAID/CAREC Smart Waters loyihasi doirasida Green Business Innovation kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi);

  • 2019: Central Asia Women in Tech & Science Week (“Ayollar fan va texnologiyalar sohasida” Markaziy Osiyo Haftaligi) ayollar texnologik tadbirkorligi bo‘yicha profilli mintaqaviy tadbiri birgalikda tashkil qilindi. Tadbir 5 kun davomida Toshkent, Samarqand va Nukus shaharlarida Buyuk Britaniya, AQSH, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 50+ spiker ishtirokida o‘tkazildi;

  • 2019-2021: “Yashil startaplar” uchun O‘zbekistonda ClimateLaunchpad  yirik tanlovi birgalikda tashkil qilindi;

  • 2020-2021: O‘z IT-platformalar ishlab chiqildi: Accelerator.uz startaplar trekingi platformasi va Kremniy vodiysi, Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlarining mentorlari ishtirokida mentorlik dasturlarini tashkillashtirish uchun Central Asia Mentoring Platform platformasi. 

  • 2018-2022: Ilmiy startaplar uchun O‘zbekistonda C.A.T. Science Accelerator birinchi akseleratori hamkorlikda tashkil etildi, unga metodologik, mentorlik va IT-ko‘magi ko‘rsatildi. O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Ilg‘or texnologiyalar markazi ko‘magida 3 ta akseleratsiya dasturi o‘tkazildi. 7 ta startap Innovatsion rivojlanish vazirligining 5 mlrd. so‘mdan ortiq miqdordagi mablag‘iga ega bo‘ldi.  

  • 2021-2022 yillar: Nukus va Farg‘ona vodiysida filiallari ochildi.

 

Biz hamkorlik uchun ochiqmiz va akseleratsiya va mentorlik dasturlarini tashkil etish bo‘yicha ekspertiza bilan o‘rtoqlashishga tayyormiz. 

Bizning jamoa: 

Elena Selezneva Alisher Yusupov Saida Yusupova

 

Bizning kompetensiyalar:

  • kuchli jamoa: trekerlar, mentorlar, moliya va marketing bo‘yicha mutaxassislar, IT mutaxassislar, kontent-menejerlar, tarjimonlar, fotograflar;
  • Nukus va Farg‘onadagi filiallar;
  • loyihalarni O‘zbekistonning barcha hududlarida olib borish imkoniyati;
  • akseleratsiya dasturlari va mentolikni yuritish uchun IT vositalar:
  • kuchli mahalliy va xalqaro netvorking.