Digital4business
Dastur 5 kun davom etadigan (9:30-15:00, tushlik va qahva-breykka tanaffuslar bilan) trening uchun o‘zbek tilida ishlab chiqildi. U nazariy qism, amaliy topshiriqlar, keyslar muhokamasi va ishtirokchilar uchun mentorlik sessiyalaridan tashkil topgan. Shuningdek, auditoriya uchun enerjayzerlar (auditoriyaning “chigalini yozish” uchun interfaol mashqlar) ham ko‘zda tutilgan, kuniga 2-3 ta mashq.
Treninglar ishtirokchilari: kichik va xususiy tadbirkorlik vakillari (25-40 yosh), shu jumladan yoshlar va ayollar.
Treninglar yosh tadbirkorlarga:
— yangi raqamli biznes-modellarni joriy etish;
— o‘z mijozlari bazasini kengaytirish uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
— o‘z mahsulotlari va xizmatlarini Internetda ilgari surish va sotish imkonini beradi.
Treninglar raqamli tadbirkorlik, biznesni raqamli vositalar yordamida boshqarish, samarali qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlarni tahlil qilish, raqamli marketing, SMM va SEO-optimazatsiya, elektron tijorat va onlayn-sotuvlar, tadbirkorlarning raqamli ko‘nikmalari va kiberxavfsizlik kabi mavzularni qamrab olgan
Yosh tadbirkorlar biznes-konsultantlardan malakali maslahat ko‘magini olishlari mumkin.
Aniqlangan ehtiyojlar asosida trenerlar ishtirokchilarga o‘z bizneslarini raqamlashtirish bo‘yicha maslahatlar berishadi.