Metodikalarimiz

Design Thinking

Design Thinking

Dizayn-fikrlash — bu innovatsiyalarni yaratish metodikasi bo‘lib, u startaplarga g‘oyalarni topish va tezda tekshirishga yordam beradi.

Startaplarga muammolarni va maqsadli auditoriyaning “og‘riqli joylarini” hal qilishga yo‘naltirilgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqish uchun dizayn-fikrlash hayotiy muhim hisoblanadi.

Ushbu mavzu bo‘yicha seminarlarni o‘tkazish uchun xorijiy ekspertlarni taklif qilamiz. 

Customer Development

Customer Development

Mijozlarni, kastdevlarni o‘rganish va “rivojlantirish” – akseleratsiya dasturlarimizda startaplarning asosiy vazifasidir. 

Startaplarimiz muntazam ravishda muammoni aniqlovchi va yechimni taklif qiluvchi intervyularni o‘tkazadi, mijozlarning ehtiyojlari va “og‘riqli joylarini” o‘rganadi hamda o‘zlarining prototiplarini real odamlarda/bizneslarda sinab ko‘radi. 

Lean Startup

Lean Startup

Biz akseleratsiya dasturlarida startaplar bilan “Tejamkor startap” metodologiyasi bo‘yicha ishlaymiz. 

Startaplar maksimal ravishda qayishqoq bo‘lishi, o‘z xatolaridan o‘rganishi, gipotezalarni tez tekshirishi hamda maqsadli auditoriyadan teskari aloqani olishi, mahsulotning ishlab chiqilayotgan versiyasiga (MVP) o‘zgarishlar kiritishi lozim.

Akseleratsiya dasturlarimizning muhim qismini gipotezalarni testdan o‘tkazish, MVP’ni ishlab chiqish va mijozlardan teskari aloqani olish egallaydi.